IBM birinchi bo‘lib taklifnomalar bo‘yicha kiruvchi bulut servisini ishga tushirdi

Fan-texnika 19:23 / 04.05.2016 5785

IBM besh bitli kvant kompyuteri asnosida tadqiqotchilar uchun bepul bo‘lgan, hisoblashning shaxsiy bulut servisini ishga tushirdi. Bu haqida VentubeBeat nashri ma'lum qildi.

IBMda bulut servisining ochilishini kompaniya ichida kvant kompyuterlari o‘rganilishining 35 yillik toji deb hislblashadi. Korporatsiya vakillarining fikricha, kelajak barcha texnikaning kvantlashuvida emas, balki har bir kompyuterning bunday bulut servislari orqali kvant mashinalarini hisoblashga kira olishidadir. 

Hozircha IBM Quantum Experience faqat tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan: kvant hisoblashga kirish uchun so‘rov yuborish va uning javobini kutish kerak. Servisga necha kishi yoki tashkilotlarning kiritilishi noma'lum, biroq kelgusida ularning ma'lumotlarni qayta ishlash uchun bergan so‘rovi navbatga qo‘yiladi. Kvant kompyuterlarining taraqqiyoti bilan shug‘ullanuvchi bunday komandalar  Google va Microsoft'da bor. Ammo IBM birinchi bo‘lib taklifnomalar bo‘yicha kiruvchi bulut servisini ishga tushirdi. 

Hozirda Nyu-York labaratoriyasidagi IBM kompyuteri besh kubit - kvat bitdan iborat. Qisqa qilib aytganda, kvant tizimlar ko‘proq ma'lumotlarni saqlashga va ularni tezroq qayta ishlashga qodir. 

Kvant kompyuteri murakkab tuzilishga ega va ko‘rinishi ham shunga muvofiq. IBM laboratoriya qurilmasini 360 gradusli videotasmada namoyish qildi.

Ko‘proq yangiliklar: