Huawei G9 smartfoni savdoga chiqishga tayyor

Fan-texnika 18:05 / 04.05.2016 3120

Huawei kompaniyasi Huawei G9 smartfoni tez orada savdoga chiqarilishi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. U ancha ommabop P9 telefonining soddalashgan namunasidir. 

Kompaniya fikrining tasdig‘i sifatida gizmochina.com resursiga Huawei G9 chiqishi bilan namoyish etiladigan tizerni taqdim etgan. Unda smartfon orqa tomondan ko‘rsatiladi. Suratlardan ko‘rish mumkinki, Huawei G9 dizayni R9 telefonini takrorlaydi. U, shuningdek, 3 xil tusda: oq, qora va tillarangda sotuvga chiqariladi. Shu bilan birga, suratlardan Huawei G9 korpusi qanday materialdan yasalganini aniqlab bo‘lmaydi. Biroq Xitoy regulyatori TENAAning ma'lum qilishicha, smartfonning orqa paneli plastmassadan yasalgan. 

TENAA saytida e'lon qilinishicha, Huawei G9 5,2 dyuymli, 1080p o‘lchamli displey bilan jihozlangan, sakkiz yadroli protsessor hisoblash ishlariga mas'ul (Kirin 650 bo‘lishi ehtimol). Uning boshqa texnik xususiyatlariga ko‘ra, smartfon 3 Gb operativ xotira, 13 mp.li asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega. Batareyasi 2900 mA•s ga teng. Yangi mahsulot Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi bilan savdoga chiqariladi.

Kompaniya Huawei G9’ning savdoga chiqarilishi munosabati bilan tashkil etiladigan marosimda yangi plansheti haqida ham e'lon qilishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, u diagonali 7 dyuymli ekranga ega bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: