Buskets Ispaniya Kubogi finalidan keyin «Barselona» bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytiradi

Sport 19:00 / 04.05.2016 2851

«Barselona» rahbariyati va jamoa yarimhimoyachisi Serxio Busketsning vakillari o‘zaro yangi shartnoma tuzish bo‘yicha bir to‘xtamga kelishgan. Bu haqda As nashri kataloniyaliklar klubidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Buskets bilan shartnoma 21 may kuni o‘tkaziladigan Ispaniya Kubogi finalidan keyin uzaytiriladi. Shartnoma yana 1 yilga uzaytirish ehtimoli bilan 2019 yilgacha tuziladi.

Ma'lum qilinishicha, Busketsning yangi shartnomaga ko‘ra yillik maoshi 16 million yevro bo‘ladi.

Bundan oldinroq «PSJ» Busketsning transferi uchun 100 million yevro taklif qilgan, «Barselona» esa soliqlarni chiqarib tashlagan holda 175 million yevro talab qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: