Matbuot anjumanidan so‘ng, britaniyalik bokschi Derek Chisora bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev bilan janjallashib qoldi. Bu haqda Boxingscene.com portali xabar bermoqda.
Matbuot anjumani 3 may kuni Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan. Chisora ana'naviy “nigohlar dueli”da raqibining bo‘ynidan tortib, uni yiqitmoqchi bo‘lgan. Jangchilarni qo‘riqchilar ajratib qo‘ygan.
“Men hazillashmayman. G‘alaba qozonish uchungina shu yerdaman. Men Pulev uchun shunday tomosha uyushtiramanki, u buni tasavvuram qila olmaydi. Men uni tan berishga majbur etaman. Uning boksida hech qanday ajablanarli jihat yo‘q. U hali menga o‘xshash bokschi bilan uchrashmagan. Men uni nokoutga uchrataman”, — dedi Chisora.
“U meni qo‘rqita olmaydi. Hozir u istagan gapini gapirishi mumkin, ammo gaplari ringda unga yordam bera olmaydi”, — deb javob qaytargan Pulev.
Ular o‘rtasidagi jang 7 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.