Boshpanasiz erkak gazetalar sotib yiqqan daromadiga yangi hovli sotib oldi

Light 23:40 / 04.05.2016 9184

Amerikalik boshpanasiz Mario Martines gazetalar sotib yiqqan puliga uy sotib oldi. Bu haqida People jurnali xabar beradi.

Mario Martines har o‘n sentni tejab bordi va natijada, besh yil ko‘chalarda gazetalar sotib yurganidan so‘ng, Tennessi shtatining Sharlott shahridan 762 kvadrat metr maydonga ega 1,2 gektarli hovli sotib oldi. U boshpanasizlar uchun yaratilgan imtiyozli sharoitda mashhur nashrlardan birini tarqatish bilan shug‘ullangan.

Erkak olti yil avval ishdan bo‘shagan va treyler (mashinali uycha)da suv va isitgichlarsiz o‘zining to‘rtta iti bilan birga yashab kelgan. Mario gazetalar sotib to‘plagan daromadlarini bog‘li hovlilarni parvarishlash bo‘yicha kichik biznesga sarmoya kiritishdan boshladi. Keyin esa u turar-joy sotib olish uchun yetarli mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: