Yaponiyada odam terisiga yopishuvchan displey ishlab chiqildi

Fan-texnika 19:06 / 04.05.2016 3038

Tokio universiteti mutaxassislari inson terisiga yopishtirish mumkin bo‘lgan displey ishlab chiqishdi. Fototasvir, hatto videolarni ham namoyish etish imkonini beruvchi displeyning qalinligi bir millimetrning uch yuzdan bir qismiga teng. 

Mualliflar mazkur texnologiyaning kelgusidagi rivoji moda va kiyimlar ishlab chiqarish sohalarida yangi yo‘nalishlarni ochishiga ishonchlari komil. Bu haqda NHK telekanaliga asoslanib TASS xabar berdi. 

O‘ta yupqa displeyda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan tasvirlar hajmi hozircha chegaralangan. Biroq tokiolik olimlar kelgusida ular orqali hatto teleko‘rsatuvlarni ham uzatilishini ma'lum qildi. 

Bunday displeylar odam terisiga, masalan, kaftning tashqi tomoniga, mutlaqo tekis va hech bir chiziqsiz yopishadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda o‘z qo‘lida mitti televizor yoki videotelefon ekranini olib yurish urfga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: