AQSh Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikaga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi

Jahon 11:01 / 04.05.2016 2746

Qo‘shma Shtatlar kompaniyalari suyultirilgan tabiiy gaz (STG) mahsulotlarini  Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlaridagi xaridorlariga yetkazib bera boshladi. Amerikaning energetika vaziri Ernest Monis Yaponiyaning Nikkei gazetasiga bergan intervyusida shu haqda ma'lum qilgan. U "katta yettilik" energetika vazirlarining 1-2 mayda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida qatnashgan. 

Uning aytishicha, yuqorida qayd etilgan mintaqalar mamlakatlariga kamida 6 ta tanker STG bilan suzishni boshlagan. 

Monisning ma'lum qilishicha, u dunyoning eng yirik STG xaridori Yaponiyaga (yiliga 80 mln. tonna STG iste'mol qiladi) mahsulot yetkazib berishga umumiy ruxsat bergan. Albatta, hozircha AQSh Yaponiyaning yillik ehtiyojini qondira olmaydi, biroq bosqichma-bosqich loyiha quvvatiga erishish maqsadida 2017-18 yillarda Luiziana shtatida yana 3ta yirik gaz terminali ish boshlaydi.

"AQSh jahon STG bozorining muhim a'zosiga aylanadi", - deb qayd etgan energetika vaziri. 

U, shuningdek, rasmiy Tokioning STG bozor narxini belgilaydigan birja tashkil etish rejasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: