Adidas golf koptokchasi va klyushkasi ishlab chiqaruvchisini sotib yuboradi

Jahon 16:44 / 04.05.2016 2140

Adidas konserni rahbariyati golf qiziquvchilari uchun mo‘ljallangan o‘z bizneslarini qayta qurish islohotlarini olib bormoqda. Kompaniya golfchilar uchun poyabzallar va kiyimlar ishlab chiqarishni oshiradi. Ammo shuning barobarida golfga taalluqli koptokchalar, klyushkalar va shunga o‘xshash aksessuarlar ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi. 

Sotuvga golf uchun klyushkalarning barcha turini, shuningdek, to‘pchalar, qo‘lqoplar va shunga o‘xshash aksessuarlar ishlab chiqaruvchi TaylorMade va Adams brend kompaniyalari, golfchilar kiyimi va poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ashworth kompaniyalari qo‘yiladi.

Exane BNP Paribas tahlilchisi Grema Renvikaning ma'lum qilishicha, Adidas ushbu savdo-sotiq ortidan 270 mln yevroni qo‘lga kiritishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: