Xiaomi smart-soatlar ishlab chiqarishini rasman tasdiqladi

Fan-texnika 00:29 / 03.05.2016 10609

Xiaomi asoschilaridan biri va vitse-prezidenti Lyu De (Liu De) Pekinda o‘tkazilgan anjumanda smart-soatlar ishlab chiqarish haqidagi xabarni tasdiqladi. «Aqlli» soatlarning yangi modeli Mi Watch elektron bozorga taqdim etilish uchun tayyor va uning anonsi joriy yilning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 
Tafsilotlarga ko‘ra, Mi Watch aqlli soatlarining taqdimoti qandaydir sabablarga ko‘ra qoldirilgan. Anons avvalroq o‘tkazilishi kutilgan edi.

Avvalroq, Xiaomi uchun shartnoma asosida Mi Band fitnes-bilakuzuklarini ishlab chiqaruvchi Huami kompaniyasining bosh direktori bilakuzukning navbatdagi talqini va Mi Watch smart soatlari ikkinchi mavsumda sotuvga chiqarilishini xabar qilgan edi. Shunga ko‘ra barcha 10 may kuni nafaqat Xiaomi Mi Max fabletining taqdimoti, balki Mi Watch smart soatlarining ham anonsi bo‘lishi kerak edi.

Lyu De Mi Watch smart soatlarining hususiyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishni lozim topmadi. Shuningdek, hozirgacha unda qaysi dastur platformasidan foydalanish mumkinligi ham aniq emas. Xiaomi qurilmasi Android’ ga asoslangan bo‘lib, biroq qoidaga muvofiq, kompaniya Google xizmatidan foydalanishni istamaydi, shu sababli taqiluvchi qurilma Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydimi yoki maxsus ta'minot dasturidan foydalaniladimi, hozircha noma'lum. Yangi soatning narxi haqida so‘z yuritishga hali erta bo‘lsa-da, Xiaomi barcha qurilmalarining hamyonbopligi bilan ajralib turishini eslatib o‘tamiz.

Ko‘proq yangiliklar: