Moldova hududidan yana bir dron topildi

Jahon 00:10 / 13.11.2024 3751

Moldova politsiyasi Kishinyovdan 20 kilometr uzoqlikdagi Koshernitsa aholi punktidan yana bir uchuvchisiz uchish apparati topilganini ma’lum qildi. 

«Milliy politsiya bir soat oldin politsiyachilar Koshernitsa aholi punktida uchuvchisiz uchish apparatini topgani to‘g‘risida ogohlantirish berganini ma’lum qiladi… Dron qulagan joyga fuqarolarning kirishi cheklangan», — deydi xabarda.

Ta’kidlanishicha, dron qulagan hududda texnik-kriminal markaz bo‘limi va sud ekspertizasi xodimlari ish olib bormoqda. Ular kompleks tekshiruvlarni amalga oshirayotgani aytildi.

Kishinyov uchuvchisiz uchish apparatlarining aniqlanishida Moskvani aybladi. Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Oleg Ozerovga norozilik notasini topshirdi. O‘z navbatida Ozerov dronlar Rossiyaga tegishli ekani tasdiqlanmaganini bildirdi.

Moldova politsiyasi 10 noyabr kuni mamlakat hududiga qulab tushgan ikkita uchuvchisiz uchish apparati topilganini ma’lum qilgandi. Dastlabki ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu Rossiyada ishlab chiqarilgan, portlovchi qurilmaga ega bo‘lmagan «Shahed» tipidagi dronidir. U RF qo‘shinlari tomonidan Ukrainaga uyushtirilgan hujum doirasida uchirilgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: