Daniyalik tadqiqotchilar shirin ichimliklardan voz kechish ortiqcha vaznga ega bolalarning ovqatlanish strukturasi umumiy o‘zgarishiga ta'sirini o‘rgandilar. Hanuzgacha hech kim shirin ichimliklar va bolalarning ovqatlanishdagi odatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganmagan. Tadqiqot International Journal of Food Sciences and Nutrition jurnalida chop etildi.
Olimlar o‘z ishlari uchun ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi 173 nafar o‘smirni tanlab olishdi. 12 hafta davomida bu o‘smirlarning ratsioniga bir litr oddiy suv yoki sut kiritildi. Sinovdan o‘tkazilayotgan bolalar uchun ovqatlanish borasida bundan boshqa o‘zgarishlar kiritilmadi. Olimlarni ayniqsa bunda o‘smirlar ratsioni va ular qabul qiladigan yeguliklarning umumiy kaloriyaligi qanday o‘zgarishi qiziqtirgan.
Natijalar esa vaznning bir kilogrammiga kaloriyalarning pasayganini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, oddiy suv yoki sut ichgan ishtirokchilarda shirin ichimliklar iste'moli kamaygani kuzatilgan. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, bu natija oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilishni cheklamagan holda o‘smirlar uchun me'yorlashgan diyetani yaratish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin.