Lesterlik snukerchi Mark Selbi JCh g‘olibligi va sevimli jamoasi chempionligini bir vaqtda nishonladi

Sport 09:31 / 03.05.2016 2717

3 mayga o‘tar kechasi Angliyaning Sheffild shahrida snuker bo‘yicha jahon chempionati finali o‘tkazildi. Unda lesterlik Mark Selbi xitoylik Din Junxuni 18:14 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu orqali u ikkinchi marta chempion bo‘ldi, uning birinchi chempionligi 2014 yilda qayd etilgandi.

Qayd etish kerakki, 32 yoshlik lesterlik snukerchi o‘z g‘alabasini o‘zi muxlislik qiladigan "Lester" jamoasi Angliya chempionligini rasmiylashtirganidan 2 daqiqa o‘tib rasmiylashtirdi. U zalda jamoasining bayrog‘i bilan suratga tushdi va ham o‘zining, ham jamoasining chempionligini bir vaqtda nishonladi.

Jahon chempionati

Sheffild

Final

1-2 may

Din Junxu (Xitoy) – Mark Selbi (Angliya) – 14:18

Birinchi sessiya: 8-125 (91), 68-70 (Junxu 52), 43-101 (76), 0-124 (120), 0-100 (70), 38-77, 68-47, 101-14.

Ikkinchi sessiya: 22-73, 92-30 (76), 103-1 (103), 93-49 (89), 1-71, 86-0 (86), 82-52 (55), 25-86, 27-67.

Uchinchi sessiya: 121-7 (89), 61-56, 11-126 (126), 103-0 (103), 43-75 (52), 9-118 (68), 69-1 (52), 11-75 (55).

To‘rtinchi sessiya: 103-0 (57), 67-60 (Junxu 60), 0-87 (73), 0-108 (70), 0-103 (103), 59-11.

Ko‘proq yangiliklar: