Gaitida kema halokati tufayli 21 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 09:55 / 03.05.2016 2809

Gaiti shimolida uncha katta bo‘lmagan kema cho‘kib ketdi, natijada 21 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy mansabdorlarning so‘zlariga ko‘ra, kema dam olish kunlari cho‘kkan, yakshanba kuni nobud bo‘lganlarning jasadi topilgan. 

Yo‘lovchilar va oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgan qayiqda bo‘lgan odamlar soni aniq emas, deb xabar beradi The Australian. 

Orol davlat favqulodda holatlar xizmati omon qolgan yoki halok bo‘lganlarni izlashda davom etmoqda. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning bir qismi tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ularga shifokor ko‘rigi yuborildi. 

Baxtsiz hodisa tufayli rasmiylar noqulay ob-havo sharoitida dengiz sayohatlari – xatarli ekanini ogohlantirdi. So‘nggi ikki hafta ichida 28 kishi kema halokatida nobud bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: