Parijda istiqomat qiluvchi 44 yoshli Frederik Deznard sobiq ish beruvchisi ustidan sudga arz qildi. U sobiq boshlig‘idan zerikarli ish uchun 360 ming yevro miqdorida ma'naviy zarar undirmoqchi, deb xabar beradi Telegraph.
“Men tushkunlik holatiga tushib qoldim. Hech nima qilmasam ham menga maosh to‘laganlari uchun o‘zimdan uyalardim”, - ma'lum qildi fransuz.
Nashrning yozishicha, da'vogar obro‘li Interparfum attorlik kompaniyasida faoliyat yuritgan.
Deznard Interparfum rahbariyati uni boshqaruvchilik vazifasidan ozod qilgani va to‘rt yil davomida oddiy va zerikarli ishlar topshirishganini ma'lum qildi. Aynan shu bir xil va zerikarli vazifalar tufayli endi u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekmoqda.
“Epilepsiya, oshqozon yarasi, uyqusizlik va chuqur depressiya”, - sanab o‘tdi u. O‘z mehnat faoliyatini u “jahannamga makkorona qulash” deb atadi.
Zerikarli ish to‘g‘risidagi ishni mehnat munozaralari bo‘yicha sudda ko‘riladi.