Amerikalik kinorejissyor Jastin Lin “Space Jam” filmi davomini suratga oladi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
1996 yilda basketbolchi Maykl Jordan ishtirokidagi bu film 230 million dollar to‘plagan.
Jastin Lin “Forsaj”ning oxirgi to‘rt qismiga rejissyorlik qilgani bilan mashhur. Bundan tashqari u “Haqiqiy izquvar” teledramasining birinchi ikkita epizodini suratga olgan.
2016 yil yozda “Yulduzlar yo‘li: “Startrek: Cheksizlik” filmi ham efir yuzini ko‘radi.
“Space Jam 2” ssenariysi ustida Lin bilan birga Endryu Doj va Alfredo Botella ishlaydi.
Boshqa basketbolchi, “Klivlend Kavalers” yulduzi Lebron Jyeyms yangi film qahramoni bo‘ladi.