Aktrisa Keyt Blanshett BMTning ko‘ngilli elchisi bo‘ldi

Jahon 10:53 / 03.05.2016 3320

Avstraliyalik aktrisa Keyt Blanshett BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha ko‘ngilli elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xixmati xabar qildi. 

“Men ushbu rolni olganimdan faxrlanaman. Qochqinlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun bundan muhimroq imkon bo‘lmagan. Biz inqiroz kuchaygan davrda yashamoqdaman va javobgarlik barchaning yelkasiga tushadi. Biz xuddi yo‘l ikkiga ayrilgan joyda turgandekmiz: hamdardlik yo‘lidan ham yura olmiz yoki murosasizlik yo‘lidan ketishimiz ham mumkin”, - murojaat nutqini so‘zladi aktrisa. 

Blanshett ona sifatida uning farzandlari hamdardlik yo‘lini tanlashlarini istashini bildirdi. Ushbu maqomga loyiq ko‘rilgunga qadar aktrisa tashkilot bilan bir yil davomida hamkorlik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: