Maskerano Xitoy jamoasi taklif qilgan 50 mln yevrolik shartnomani rad etdi

Sport 12:48 / 29.04.2016 1500

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Xaver Maskerano faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishni istamadi.

El Mundo Deportivo bergan xabarga ko‘ra, mahalliy klublardan biri tez orada 32 yoshga to‘ladigan argentinalik futbolchi uchun imijidan foydalanish huquqi ham kiritilgan 50 million yevrolik shartnoma taklif qilgan, biroq Maskerano bu taklifga rad javobini bergan.

Ma'lumot uchun, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: