AQSh politsiyasi Apple’ning Kupertinodagi bosh qarorgohida 28 aprelda o‘lik holda topilgan yigitning ismini ma'lum qildi. RIA “Novosti” axborot agentligining Santa-Klara okrugi sherifi ofisi bergan bayonotga asoslanib ma'lum qilishicha, qurbon 25 yoshli Edvard Makovyak ismli yigit bo‘lgan. Shuningdek, yigit to‘pponchadan o‘zini otgani ma'lum qilindi.
"Sud-tibbiyot eksperti yigit o‘z joniga suiqasd qilganini aniqladi, uning o‘limiga to‘pponchadan o‘q uzgani sabab bo‘lgan", deyildi politsiyada.
Voqea tergov qilinishda davom etmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, yigitning bunday yo‘l tutishiga 1976 yilda tashkil topgan kompaniyaning yaqinda aksiyalari narxining tushishi olib kelgan bo‘lishi mumkin.