Xitoy Xalq Respublikasida Amerikaning Paramount Pictures kompaniyasi va uning xitoylik hamkoridan “Transformerlar: Qirg‘in davri” filmi tufayli 27 million dollar talab qilmoqda. Bu haqda CRIENGLISH.com portali xabar qildi.
Sudga Ulun uyezdi hukumatiga tegishli Wulong Karst Tourism kompaniyasi arz qilgan. Murojaat Chuntsin shahri sudida ko‘rib chiqiladi.
Wulong Karst Tourism to‘liq qabul qilinmagan daromad uchun tovon puli sifatida 180 million yuan (30 million dollar atrofida) talab qildi. Kompaniya film epizodlaridan birida China Wulong yozuvining ekvivalenti paydo bo‘lishi uchun 4,8 million yuan to‘lagan edi. Biroq so‘nggi versiyaga ushbu sahna kiritilmagan.
Paramount vakillari esa ziyonni qoplaganlarini bildirmoqda. Ularga ko‘ra, “Transformerlar” rejissyori Maykl Bey Ulun uchun reklama roligini suratga olgan. Bundan tashqari, Amerika kompaniyasi sayyohlar e'tiborini jalb etishga yordam berish niyatida uyezdda dekoratsiya va butaforiyalarni qoldirgan.
Wulong Karst Tourism esa bularni yetarli emas, deb hisoblaydi.