Rep xonandasi Shahriyor o‘g‘il farzandli bo‘lganini berkita olmadi

Jamiyat 15:42 / 28.04.2016 9234

Qo‘shiqchilik san'atining rep janrida ijod qiluvchi Shahriyor o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Garchi shaxsiy hayoti va qachon uylanganligi borasidagi sirlarni muxlislarga oshkor qilishni istamasa-da, o‘g‘il farzandli bo‘lganidan so‘ng xonanda quvonchini ortiq berkitolmadi. Ayni damda chaqaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda, deydi xonandaning prdyusseri. 

Darvoqe, prodyuserning ma'lum qilishicha, Muhammadali Iskandarov va Shahriyor o‘g‘il farzandli bo‘lishni niyat qilib, bir birining ismini qo‘yishga ahd qilishgan. Birinchi bo‘lib o‘g‘il farzandli bo‘lgan Muhammadali so‘zining ustidan chiqib, o‘g‘liga do‘sti Shahriyoring ismini qo‘ygan. Endi esa navbat Shahriyorga!

Qiziq, o‘g‘illik bo‘lganidan “yettinchi osmonda” uchib yurgan Shahriyorning do‘sti Muhammadaliga bergan va'dasi yodidamikan?

Kun.uz sayti xodimlari Shahriyorni o‘g‘il farzand bilan muborakbod etib, chaqaloqqa uzoq umr va porloq kelajak tilab qoladi!

Ko‘proq yangiliklar: