Qibraylik “xonadonlar o‘g‘risi” sudning qora kursisidan joy oldi

Jamiyat 13:12 / 28.04.2016 1787

Toshkent shahrida joylashgan kafelardan birida ko‘ngilxushlik qilgan G‘ulom (ism-sharifi o‘zgartirilgan) u yerdan chiqib uyi tomon yo‘l oldi. U yo‘lda keta turib, bir uyga ko‘zi tushdi, derazasi ochiq. Xonadagi tumbochka ustida “iPhone-5s” rusumli uyali aloqa telefonini quvvatlantirgichdan sug‘urib oldi va tumbochkaning tortmasini ochdi. U yerda AQSh dollarlari va pullarni oldi. Sekingina yana deraza orqali chiqib, uyiga — Qibray tumani tomon juftakni rostladi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

O‘g‘irlab olgan “iPhone-5s” telefonini bir kishiga 400 000 so‘mga sotib yubordi.

Noyabr oyining boshlari edi. Tumanning Ulug‘bek shaharchasiga kelib, xonadonlarning biriga yashirincha kirib, “Lenovo” rusumli noutbuk, bir dona «Nokia», ikki dona “Samsung” rusumli uyali aloqa telefonlari, bir dona ayollar tilla uzugi, tilla zanjir, kumushdan yasalgan ayollar uzugi va 30 000 so‘m pullarni olib chiqib ketadi.

Oradan ikki uch-kun o‘tib, taxminan tungi soat ikkilarda tanishi – o‘zi tengi Faxriddin bilan tumandagi xonadonlarning biridan “iPhone-5s” rusumli uyali aloqa telefoni, “Samsung” rusumli planshet, erkaklar tilla soati, tilladan yasalgan erkaklar va ayollar nikoh uzuklari, “NTS” rusumli uyali aloqa telefoni, 200 000 so‘m pul, 100 AQSh dollari va 100 yevro miqdoridagi pullarni olib, “quyonning rasmini chizishadi”.

Oxirgi “ov”dan uch kun o‘tib, G‘ulom sherigi Faxriddin va yana bir hamtovoqlari – Ergash ismli bola bilan Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek shaharchasiga kelishadi.

U yerdan “Nokia N97”, “Samsung La'Fleur” va “Samsung Slider” rusumli uyali aloqa telefonlari, “HP” rusumli noutbuk hamda ayollar sumkasi ichida bo‘lgan 360 000 so‘m pullarni olib chiqdi. Tergov davomida ushbu shaxslar barcha qilmishlarini tan oldi. Ular qonun hukmiga topshirildi. Zero, qonun qing‘irlikni kechirmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: