OAV Putinning Rogozinga xayfsan e'lon qilganidan xabar topdi

Jahon 15:51 / 28.04.2016 2063

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Vostochniy" kosmodromidan birinchi raketa fazoga muvaffaqiyatli ko‘tarilgach, bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozinga xayfsan e'lon qilgan. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi 28 apreldagi sonida yozmoqda.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari 27 aprel tonggi 5:01ga mo‘ljallangan parvozning bir kun kechiktirilishiga bahona bo‘lgan sabab tufayli shunday qaror qilgan. Mutaxassislar «Soyuz-2.1a» raketa tashuvchisining yoqilg‘i klapanida nuqson aniqlashgan, biroq keyinroq ma'lum bo‘lishicha, aslida klapan ishlagan, ishchilar shunchaki mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib, klapanga ulangan kabelni tekshirishmagan.

Bundan tashqari, prezident "Roskosmos" rahbari Igor Komarovga qattiq xayfsan e'lon qilgan va kabel ishlab chiqarilgan ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori Leonid Shalimovga nisbatan egallab turgan lavozimiga unchalik ham mos kelmaydi, mazmunidagi buyruqqa imzo chekkan.

Putin Rossiyaning yangi kosmodromidagi ilk raketa parvozini shaxsan kuzatib turgan.
«Soyuz-2.1a» raketa-tashuvchisi o‘z bortida «Mixaylo Lomonosov», «Aist-2D» va SamSat-218D sun'iy yo‘ldoshlarini yaqin orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: