Jahon banki O‘zbekistonda oliy ta'lim sohasini yaxshilashga ko‘maklashadi

Iqtisodiyot 15:08 / 28.04.2016 2150

2016 yil 27 aprel kuni Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi "O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish uchun 42,2 mln. dollar miqdorida kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bank matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu kredit Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi (XTA) hisobidan moliyalashtiriladi, deb yozadi uzdaily.uz.

Loyiha 2016-2023 yillarda hayotga tatbiq etiladi. Uning ijrosini O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi nazorat qiladi.

Mazkur loyiha oliy ta'lim tizimida boshqaruv salohiyatini kuchaytirib, mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, ba'zi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim berish muhitini mukammallashtirishga yordam beradi.

"Loyiha Jahon bankining ikki asosiy maqsadi: o‘ta qashshoqlikka barham berish va barchaning barobar rivojlanishini ta'minlashga yordam beradi", – degan Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Jungxun Cho.

Loyiha doirasida, shuningdek, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi qoshida Akademik innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. U, oliy ta'lim sohasida innovatsion loyihalarni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: