Iroq kommunikatsiya va OAV komissiyasi Al Jazeera mediatarmog‘ining Bag‘doddagi byurosini yopdi va undagi jurnalistlarga mamlakat hududida yangiliklar tayyorlashni taqiqlandi. Bu haqda kompaniya o‘z saytida ma'lum qilgan.
Hukumat tomonidan Al Jazeera’ga yo‘llangan maktubda kompaniyaning mamlakat hududida harakatlanishi ta'minlovchi litsenziyani qaytarib olish masalasi tilga olingan.
Al Jazeera, o‘z navbatida, bunday xatti-harakatdan shok holatiga tushganini va mamlakat hayotiga oid yangiliklarni o‘z auditoriyasiga berishda davom etishini ma'lum qilib o‘tgan.