Elabe jamoatchilik fikri so‘rovnomasi bo‘yicha, 78 foiz fransuzlar mamlakatda yuqori “ijtimoiy larza” xavfi hukm surayotganini bildirgan bo‘lsa, 22 foiz fransiyalik esa “ijtimoiy portlash” xatari past ekaniga ishonishi ma'lum bo‘ldi.
So‘rovnoma BFM TV telekanali uchun o‘tkazildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Bundan tashqari, so‘rovnomada ishtirok etganlarning juda katta qismi Fransiya prezidenti Fransua Ollandning mamlakatda hayot yaxshilangani to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmas ekan.
Olland 14 aprel kuni so‘zlagan nutqida mamlakatda hayot yaxshi tomonga o‘zgarayotganini: iqtisodiyot darajasining o‘sgani, yetishmovchilikning kamaygani, soliqlarning pasayganini his qilayotganini gapirgan.
So‘rovnoma natijasida 2 foizgina fransuz Ollandning fikrlariga “to‘liq qo‘shilishlari”, 15 foizi “qaysidir ma'noda qo‘shilishlari”, 83 foizi esa “qo‘shilmasliklari”, 47 foizi esa “butunlay qo‘shilmasliklari”ni ma'lum qilganlar.