Dovudo‘g‘li: Turkiya va Qatar energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

Iqtisodiyot 20:26 / 28.04.2016 1671

Turkiya va Qatar energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Anqara Qatardan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolamoqchi. Bu haqda Qatarga ishchi tashrif bilan kelgan Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li ma'lum qilgan.

"Davlatlarimizda energetika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha keng imkoniyatlar mavjud. Biz elektr energiyasiga katta talab mavjud bo‘lgan mamlakatmiz. Qatar esa shunday mahsulotlar ishlab chiqaradigan mamlakat. Bizda katta bozor mavjud, Qatarda esa katta salohiyat. Shuningdek, suyultirilgan tabiiy gaz terminallari barpo etish uchun jozibali sharoitlar mavjud. Biz bu imkoniyatlarni baholashimiz kerak", deydi Dovudo‘g‘li Dohadagi matbuot anjumanida.

U shuningdek, ikki davlat erkin savdo bo‘yicha kelishuv tuzishni rejalashtirgani haqida aytgan.

"Bizning maqsadimiz erkin savdo bo‘yicha bitim imzolash. Biz Qatar bilan tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchimiz. Ikki davlatning iqtisodiyoti bir-birini to‘ldira oladi. Qatarga nima yetishmasa, Turkiya yetkazib beradi. Yoki aksincha", deydi Turkiya bosh vaziri.

Ko‘proq yangiliklar: