Zinedin Zidan: «Javob uchrashuvi oldidan imkoniyatlar 50ga 50»

Sport 08:28 / 27.04.2016 1857

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan YeChLning yarim finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ronaldu mashg‘ulot vaqtida jarohatini yangilab oldi va biz tavakkal qilishni istamadik. Umid qilamanki, u javob uchrashuvigacha tayyor bo‘ladi.

Benzemada ham jarohat bor, u maydonda o‘yin oxirgacha qolmoqchi edi. Lekin men tanaffusda uni almashtirishga qaror qildim, uning holati qay darajada ekani keyinroq ma'lum bo‘ladi.

Barcha futbolchilar o‘zlarining jamoa uchun qay darajada muhim ekanliklarini bilishadi. Bizda Benzema va Ronaldu yo‘q ekan, ular maydonga chiqib, o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishadi.

Safardagi durang – yaxshi natija. Biz kurash olib bordik, o‘yin qiyin kechdi. Hujum qilish bilan birgalikda biz juda yaxshi himoyalandik. Ikkinchi taymdagi harakatlarni yaxshiroq baholayman.

Asosiysi biz javob o‘yini oldidan katta muammoga duch kelmadik. Bu o‘yinda yuta olmaganimizdan biroz ranjidim. Javob uchrashuvi oldidan ikki jamoaning imkoniyatlari teng, ya'ni 50ga 50. Endi biz dam olishimiz, kuch to‘plashimiz kerak. Javob o‘yini ham qiyin kechishi tayin», – deydi Zidan.

Ko‘proq yangiliklar: