Kanadada yuzlab avtomobil yonib ketdi

Jahon 10:44 / 27.04.2016 1338

Kanadaning Keyp-Breton orolida joylashgan avtomobillar saqlash joyida 200 tadan 300 tagacha avtomobil yongan. Bu haqda CBC News xabar bermoqda.

Voqea joyida favqulodda vaziyatlar xizmati harakat olib bormoqda. O‘t o‘chiruvchilarga suv yetishmasligi sabab, ular sisternalardan foydalanishga majbur bo‘lishgan.

Sidney shahridan uncha uzoq bo‘lmagan bu joyga eltuvchi barcha yo‘llar berkitilgan.

Professional va ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar yong‘in atrofga yanada tarqab ketmasligining oldini olish maqsadida olovni o‘chirishga harakat qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: