eBay daromadi 2016 yilning 1-choragida 23 foizga pastladi

Iqtisodiyot 14:02 / 27.04.2016 1397

eBay korporatsiyasining 2016 yil birinchi chorak uchun sof daromadi o‘tgan yil shu davr bilan taqqoslaganda 23 foizga tushib ketdi va 482 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Kompaniya daromadi esa yilning birinchi uch oyi mobaynida 3,7 foizga oshib 2,14 milliard dollarga yetdi.

2016 yilning ikkinchi choragida kompaniya o‘z daromadi 2,14-2,19 milliard dollar, 2016 yil oxiri bo‘yicha umumiy 8,6-8,8 milliard dollar bo‘lishini prognoz qilmoqda.

eBay har qanday mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jahondagi eng yirik internet-auksion hisoblanadi (eBay.com veb-saytini boshqaradi). 2016 yilda kompaniyaning sof foydasi 52,8 million dollarni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: