Vestminster universitetida 26 apreldan 30 aprelgacha an'anaviy madaniyat haftaligi o‘tkazilmoqda

Light 18:42 / 26.04.2016 3633

Xalqaro Vestminster universitetida bahor yangilanish davri bo‘lib, bu paytda kelajakka rejalar tuziladi, o‘qish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritilib, yanada takomillashtiriladi va bu faslning yana bir jihati shundaki, bu paytda, 2009 yildan beri o‘tkazib kelinadigan va universitet hayotining ajralmas qismiga aylangan an'anaviy madaniyat haftaligi o‘tkaziladi.

TXVU dagi “Madaniyat haftaligi” bu juda ham muhim va esda qolarli ijtimoiy tadbirlardan biri bo‘lib, u yosh avlodni har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sib ulg‘ayishiga, milliy an'analar ruhida tarbiyalash va yoshlardagi bag‘rikenglik hissini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu tadbirning yana bir vazifasi universitet faoliyati va kelgusi loyihalari haqida xabar berishdir. Har yili mingdan ortiq tomoshabin bu tadbirga tashrif buyurishadi, bular orasida mashhur san'atkorlar, davlat arboblari, olimlar, jurnalistlar va albatta talabalar qatnashadilar.

Aprel oyining oxirgi haftasida o‘tkaziladigan bu ayyom universitet hayotida eng katta miqyosdagi tadbirlardan biri bo‘lib, bir nechta bo‘limlarga ajratilgan. Tadbirni Xalqaro Vestminster universitetinining iqtidorli yoshlari ijrosidagi Talent Show  boshlab berdi va bu shouning hay'ati Asal Shodiyeva, Arsen Dlyanchev va Dj.Piligrimdan tashkil topgan. Ertasi kuni 26 aprelda, tantanaviy ravishda universitet rivojlanishiga o‘zining mehnatlari, a'lo darajali o‘qishi bilan hissa qo‘shgan va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Haftamizning uchinchi kunida TXVUning ikkita KVN klubi va Toshkent Oliy Ligasining eng kuchli olti jamoalari ishtirokida, talabalar hayotining yorqin va quvnoq jabhalari aks ettiriladi.

Moda va dizayn shinavandalari uchun 28 aprel kuni podium shousi rejalashtirilgan. Bu tadbirda universitet yosh dizaynerlari bilan bir qatorda Mursak, Komo-design, Shabnam, Begzot, Khan-atlas, Nodinur va Boudoir kabi modalar uyi o‘z galereyalarini namoyish etadilar. Model sifatida Vestminster universitetining faol va a'lochi talabalari ishtirok etishadi.

Madaniyat haftaligining oxirgi kunida Art is Grea konkurs-ekspozitsiyasi boshlanadi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari hamda O‘zbekiston Xalq Rassomi, Fanlar Akademiyasi a'zosi Akmal Nur, TAQI rektori R.R.Hakimov mazkur tadbirga hakamlik qilishadi. Bundan tashqari, shu kuni Buyuk Britaniya elchixonasi tomonidan Insholar tanlovi va "Eng yaxshi landshaft dizayneri" musobaqalari o‘tkaziladi. Kunni xaftalikng eng mazali loyihasi bulmish "Dunyo taomlari" yarmarkasi yakunlab beradi.

Ko‘proq yangiliklar: