Islom Karimov va Putin uchrashuv vaqtida muhim masalalar bo‘yicha fikrlar almashishdi

O‘zbekiston 18:17 / 26.04.2016 3280

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat tug‘dirdi.

25 aprel kuni kechasi O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Moskvaga rasmiy tashrif uyushtirdi. Tashrifining birinchi kunida Islom Karimov Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

"Xabaringiz bor, ular kuni kecha norasmiy uchrashuv o‘tkazishgan edi. Birga tushlik qilishdi va bu Rossiya hamda O‘zbekistondagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishga qulay imkoniyat tug‘dirdi”, — dedi Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, norasmiy uchrashuvdan so‘ng, tor doirada, rasmiy nonushta formatida Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat delegatsiyalari uchrashgan.

Kun tartibidan hujjatlar imzolanishi va bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki prezidentning chiqish qilishi o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: