Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qayd etishicha, mamlakatda O‘zbekistondan import qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 10 foizga, sitrus mevalar importi 54 marotabaga oshgan. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.
Bu haqda Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov bilan rasmiy uchrashuvi paytida ma'lum qilgan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bir qator sabzavot mahsulotlari ichida o‘sish 10 martagacha, uzum importi bo‘yicha esa 20 martaga o‘sgan.
Uning qayd etishicha, tovarlar almashinuvida dollar orqali savdo qilish kamaygan, biroq rubl orqali savdo hajmi o‘sgan.