O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Sport 19:44 / 26.04.2016 1884

“O‘zbekiston” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionatida hamyurtimiz Adham Ergashev uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

62 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida ishtirok etgan A.Ergashev dast ko‘tarishda 125 kilogramm natija bilan bronza medal sohibiga aylandi.

Bugun o‘zbekistonlik sportchilardan Dostonbek Yoqubov (-69 kg) va Lola Qodirova (58 kg) musobaqalarda ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: