FIFAning axloq qo‘mitasi UYeFA prezidenti Mishel Platiniga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashladi. Bu voqea Sport arbitraj sudining eshituvidan keyin sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda Football Italia nashri.
Manbaga ko‘ra, hozircha FIFA mazkur xabarni rasman e'lon qilishga shoshilmayapti.
UYeFA prezidenti lavozimida ishlab kelgan fransiyalik sobiq futbolchi FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter bilan tashkilot pullarini noqonuniy ishlatishda ayblangan va olti yilga futboldagi faoliyatidan chetlatilgandi. Shuningdek, Blatter va Platini mos ravishda 50 va 80 ming shveysariya franki miqdorida jarima ham to‘lagandi.