Nogiron qiz ikki yil ichida barbiga o‘xshash uchun 14 ming dollar sarfladi

Jamiyat 18:09 / 26.04.2016 2181

Falaj bo‘lib qolgan finlyandiyalik qiz Barbiga o‘xshash uchun 14 ming dollar sarflagan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Finlyandiya poytaxti Helsinkida istiqomat qiluvchi Jasmin Britni 1998 yili avtohalokatga uchragan. Natijada uning bo‘yin qismidan pastki qismi falaj bo‘lib qolgan.

Tushkunlikdan qutulish uchun qiz tashqi ko‘rinishini o‘zgartira boshladi. U o‘zgarish natijalarini surat va videoga olib, Facebook sahifasi va YouTube-kanaliga yuklab keladi. Kiyim-kechak, bezak va makiyaj xarajatlarini qizning ota-onasi to‘laydi.

26 yoshli qizning so‘zlariga ko‘ra, ushbu harakatlari bilan u shu kabi hayotiy muammolarga duch kelgan odamlarning ko‘nglini ko‘tarib, ruhlantirmoqchi bo‘ladi.

“Men soatlab tashqi ko‘rinishim uchun vaqt ajrataman. Mening ahvolim menga to‘laqonli hayot kechirishga to‘sqinlik qila olmadi”, - deydi Britni.

Ijtimoiy tarmoqlarda faolligidan tashqari, u boshqa falaj bo‘lib qolgan odamlar bilan suhbatlar o‘tkazadi, o‘zlariga ishonchlari ortishi uchun yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: