Britaniya parlamentining ko‘proq Big-Ben nomi bilan mashhur Yelizaveta minorasi soatlarida ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir necha oyga ishlamaydi. Bu haqda, 26 aprel kuni mamlakat parlamenti Umumpalatasida ma'lum qilishgan.
“Texnik xizmat ko‘rsatish uchun soat mexanizmlarini bir necha oyga to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Shu muddat mobaynida soat kurantlari ham jaranglamaydi", — degan Britaniya parlamenti matbuot kotibasi.
2017 yil boshida Britaniya poytaxti timsollaridan birini ta'mirlash boshlanib, uch yil davom etadi. Shu maqsadda, davlat byudjyetidan jami 29 mln. (42 mln dollar) funt sterling ajratiladi.
Ushbu mablag‘lardan nafaqat soatning o‘zini ta'mirlash, balki minora tepasiga tezda va xavfsiz chiqish uchun lift, elektr energiyasini tejovchi diodli podsvetkalar xarid qilinadi. Shuningdek, ta'mirlovchilar g‘isht qatorlarida yemirilish hamda yoriqlar paydo bo‘lishi, tomdagi cherepitsalar korroziyasi bilan bog‘liq muammolarni hal etishlari kerak bo‘ladi.
Balandligi 96 metrlik Big-Ben minorasi ingliz me'mori Ogastesa Pyujina loyihasi asosida 1858 yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, Viktorian davri me'moriy yodgorligi hisoblanadi. U YuNeSKO butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2012 yilgacha Vestminster saroyi soat minorasi deb atalgan qirolicha Yelizaveta IIning taxtda o‘tirganiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan uning sharafiga qayta nomlangan edi.