WSJ: Germaniya YeI mamlakatlari orasida parvozlar xavfsizligini eng yomon ta'minlaydigan davlat

Jahon 10:13 / 25.04.2016 1896

Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) e'lon qilgan hisobotga ko‘ra, Germaniya aviaparvozlar chog‘ida yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash masalasida eng yomon ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlardan biri bo‘lgan. Amerikaning The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan maqolada shu haqda xabar qilinmoqda.

«Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri ekani va Frankfurt xalqaro aeroporti kabi yirik aviauzel mavjudligiga qaramay, xavfsizlik borasida 18ta muammo o‘z yechimini kutmoqda. Bu raqam, uncha katta bo‘lmagan va iqtisodiy jihatdan ham kam taraqqiy etgan Bosniya va Gertsegovina, Slovakiya va Albaniya kabi mamlakatlarning shu sohadagi ko‘rsatkichidan ko‘p demakdir», — deyiladi EASA hisobotida.

Shuningdek, samolyot ekipajini tayyorlash me'yorlarida ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, xodimlarning ish jadvaliga rioya qilinmagan.

Nashrning aniqlik kiritishicha, EASA hisoboti nemis aviakompaniyalari emas, aviatsiya xavfsizligiga mas'ul davlat organlariga oiddir.

Shu yilning mart oyida, Bild nemis gazetasi, uchuvchi Andreas Lubitsning sog‘lig‘iga oid tibbiy xulosalar asosida yozilgan maqolasini e'lon qilgandi.  Germanwings aviakompaniyasi uchuvchisi bo‘lgan Lubits, A320 samolyotini bortidagi yo‘lovchilari bilan fransuz Alp tog‘lariga qasddan urgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: