Obama Suriyaga 250 nafar amerikalik harbiy yuboradi

Jahon 10:03 / 25.04.2016 1129

AQSh prezidenti Barak Obama mahalliy harbiylarning IShID terrorchilariga qarshi kurashiga yordam berishlari uchun 250 nafar amerikalik harbiyni Suriyaga yuboradi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Barak Obama o‘zining bu qarorini Gannoverda o‘tadigan Yevropa mamlakatlari rahbarlari uchrashuvida bildirib o‘tishi kerak.

AQSh prezidenti Barak Obama Suriyada uchish-qo‘nish zonalarini yaratish va harbiylar sonini ko‘paytirishga hech qanday amaliy imkoniyat ko‘rmayotganini bildirib o‘tgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: