23 aprelda Rimda Italiyaning muxolif jamoatchilik tashkiloti "Yoshlar fronti" tomonidan tashkillashtirilgan, IShID jinoyatlariga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Tashkilotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishda 300 dan ko‘proq odam ishtirok etgan. Namoyishga yig‘ilganlar Suriyada mart oyida halok bo‘lgan rossiyalik zobit, Rossiya qahramoni Aleksandr Proxorenko xotirasini yod etishdi. Proxorenko Suriyada jangarilar tomonidan aniqlanib o‘rab olingandan keyin, Rossiya aviatsiya zarbasini o‘ziga chaqirtirib, qahramonlarcha halok bo‘lgandi.
Namoyishchilar Rimning markaziy ko‘chalaridan Proxorenkoning katta suratini olib o‘tdilar.
"Bryusseldagi qonli teraktlardan ikki oy o‘tib, avliyo Georgiy kuni biz Rim ko‘chalari va maydonlariga IShIDga qarshi noroziligimizni bildirish uchun chiqdik", deb aytdi tadbir ishtirokchilaridan biri Alfredo Iorio. "Yoshlar fronti" Iorioning nomzodini Rim meri uchun navbatdagi saylovlarda qo‘llab-quvvatlamoqchi.
"Biz Proxorenko bilan birga terrorchilarga qarshi kurashayotgan yagona davlat – Rossiyaning barcha askarlari oldida ta'zim qilamiz", deb aytdi Iorio.