Hindiston chegarada qurilayotgan obektlar sabab Pokistonga norozilik bildirdi

Jahon 16:18 / 24.04.2016 1039

Hindiston mamlakat shimoli-g‘arbida Rajastxondagi xalqaro chegarada Pokiston tomonining harbiy obektlar qurayotganiga nisbatan norozilik bildirdi. Bu haqda milliy telekanal India TV xabar bermoqda.

"Hindiston chegara kuchlari (BSF) chegara maydonida 180 yuqori texnologik bunker qurilayotgani munosabti bilan pokistonlik hamkasblariga qattiq norozilik bildirishgan", — deyiladi telekanal bergan ma'lumotda.

Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, «bunkerlar bir oy ichida qurilgan va Hindiston chegarasidan 1-1,5 km. Masofada joylashgan». Maxsus xizmat bergan xabarga ko‘ra, «pokistonliklar Hindiston bilan chegarada qurol-yarog‘ va o‘q-dori omborlarini barpo etgan. Ular 1971 yilda ikki tomon urushi bo‘lgan tumanlarni qo‘riqlashni mustahkamlamoqda».

Ko‘proq yangiliklar: