“Inter” xo‘jayini Erik Toxir “Fulxem” jamoasini sotib olishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
“Men biror bir ingliz klubini sotib olmoqchi emasman. Bunday ovozalar qayerdan paydo bo‘ladi, sir tushunmayman.
“Inter”ning 20 foiz aksiyasi sotilishi haqidagi gaplar ham noto‘g‘ri. Maqsadim klubni tiklash, yer bilan bitta qilish emas.
Men jamoani kelajak uchun shakllantirishni istayman. Shuning uchun rahbariyatga ishonaman va aksiyalarning nazorat paketini sotish niyatida emasman.
Bizning Massimo Moratti bilan munosabatlarimiz yaxshi. Shu bois buncha gap-so‘z qayerdan bolalayotganini sira tushunmayman”, — dedi Toxir.