Vengriyalik fotosuratchi Rizsavi Tamas 6 yildan beri Budapeshtning eng muhim binolari, minoralari, haykallari ustiga chiqib, o‘z shahri haqida juda chiroyli fotosuratlar olmoqda. Uning ta'kidlashicha, bu ona shahriga va kasbiga bo‘lgan haqiqiy muhabbati hamda his-tuyg‘ularining aksi hisoblanar ekan. “Hattoki o‘z shahrim haqida ajoyib fotosuratlar olish uchun hayotimni xavf ostiga qo‘yib, baland binolarga ko‘tarilaman”, — deydi Rizsavi.
Budapeshtning go‘zalligini barchaga ko‘rsatish uchun suratlar olishda u har xil yoritish funksiyalari va ob-havo sharoitlaridan foydalanar ekan.
Aslida u tramvay haydovchisi, ammo uning orzusi fotosuratchilik bilan shug‘ullunishdir. Bu suratlari bilan Rizsavi o‘z ona shahri bilan nechog‘lik faxrlanishini ko‘rsatib berishni maqsad qilgan.