Bo‘ka tumanida yashovchi Azimjon Boboyevga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) mahalladoshlari havas qilishardi. Oliy ma'lumotli, hamqishloqlari orasida ham hurmati o‘zgacha. U tuman yo‘l qurilish va ta'mirlash korxonasida rahbar edi. Yo‘llarning jamiyatimizdagi ahamiyatini inobatga olsak, A.Boboyev zimmasidagi ma'suliyat nechog‘lik ulkanligini anglash qiyin emas.
2014 yilning oktabr oyida A.Boboyev mansab mavqeini suiiste'mol qilib, bosh hisobchi Halima Kamronova hamda korxonaning xodimlari Sayfi Usmonov va Ergash Mo‘minovlar bilan o‘zoro jinoiy til biriktirdi. Ular yo‘l qurishda ishlatiladigan asfalt qorishmasi ortidan “tirikchilik” qilishga kelishib olishadi. Dastlab A.Boboyev korxonaga kirim qilingan 362,7 tona asfalt qorishmasini hisobotlarda 388,9 tonna qilib ko‘rsatadi va natijada byudjyetdan oshiqcha 25 mln.486 ming so‘m mablag‘ning ortiqcha undirilishiga erishadi. Ushbu guruh 2015 yilning aprel oylarida ham shu tariqa yo‘l tutib, yana 75 mln.743 ming so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritib, yo‘q qilib yubordi.
Bugina emas, uyushgan guruh a'zolarining “tashabbusi” bilan jamiyat tomonidan 2014 yilda tuman DSIga taqdim etilgan hisobotlarga 98248.7 ming, 2015 yilda esa 11558.2 ming so‘mlik majburiy soliqlarni kiritilmasligi natijasida davlat manfaatlariga moddiy ziyon yetkaziladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tuman sudi tomonidan aybdorlarga nisbatan tegishli jazo tayinlanib, hukm chiqarildi.