Nazarboyev: bizning dorilar xorijiylardan sifatsiz deyishganda, juda ranjiyman

Jahon 08:58 / 23.04.2016 2039

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 22 aprelda Janubiy Qozog‘iston viloyatiga tashrifi davomida "Ximfarm" AJning yangi sexiga tashrif buyurdi.

Nazarboyev yangi sexning ishi va u ishlab chiqaradigan mahsulot bilan tanishdi. Nazarboyev sexning ishchilari bilan suhbatlashdi va ularga muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

Nazarboyev Chimkent shahrini Qozog‘istonning bosh dori-darmon ishlab chiqaruvchisi deb atadi hamda sifatga katta e'tibor qaratish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

"Bu yerda buning uchun barcha narsa muhayyo: korxonalar, xodimlar, an'analar va salohiyat. Menga Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan dori vositalari sifatsiz, xorijiylari esa yordam beradi deganlarida, juda og‘ir botadi. Shuning uchun sifat ustida doimo ishlash kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

 

Qozog‘iston prezidentining aytishicha, bugun mamlakatda 1 mlrd dollarga yaqin dori vositalari import qilinadi. Uning aytishicha, Qozog‘iston farmatsevtika sanoati import vositalarning o‘rnini mahalliy vositalar bilan bosishga intilishi kerak.

Nazarboyev dorivor o‘tlardan tabiiy vositalarni ishlab chiqarish zarurligi haqida gapira turib, bu jarayon Janubiy Qozog‘iston viloyatida muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida sex ishchilari Qozog‘iston prezidentiga sohaning rivojlanishiga qaratilayotgan e'tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Ko‘proq yangiliklar: