AQSh prezidenti Barak Obama Londonga safari davomida shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt, shahzoda Garri va Uilyamning yaqinda 3 yoshga to‘ladigan o‘g‘li, shahzoda Jorj bilan uchrashdi. Qirolicha Yelizaveta II ning evarasi Obama oldiga pijama va xalatda chiqdi.
Ushbu holat aks etgan suratlarda Obama bolakay bilan shahzoda Uilyam va Garrining qarorgohi – Kensington saroyida suhbatlashayotganini ko‘rish mumkin. Ta'kidlanishicha, Obama kelganda bolakay uxlashga tayyorgarchilik ko‘rayotgan bo‘lgan. Kichik shahzoda Obamaga yog‘och otda qanday uchishini ko‘rsatdi. Bu o‘yinchoqni Obama va uning rafiqasi bola tug‘ilganda unga sovg‘a qilgan edi.
Obama Londonga 21 aprelda keldi. Obama britaniyaliklarni Yevropa Ittifoqidan chiqishga qarshi ovoz berishlariga ko‘ndirish istagini yashirmagan. Bu masala bo‘yicha referendum 23 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Obama safarining asosiy kunida Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan muzokaralar o‘tkazdi va qirolicha bilan uchrashdi. Ma'lum qilinishicha, AQSh prezidenti safarining ikkinchi kunini britaniyalik yoshlar bilan uchrashuvlarga sarflaydi.