Jorjiya shtatidagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:38 / 23.04.2016 1086

AQShning Jorjiya shtatidagi Ogasta shahri chekkasida otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy telekompaniya WRDW xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, shaharda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkita otishma sodir etilgan.

Okrug koroneri Vernon Kollinz 5 kishining o‘limini tasdiqladi. Ayni vaqtda politsiya otishmani sodir etgan kimsani qidirmoqda.

Avvalroq Ogayo shtatida bir oilaning 8 a'zosini o‘ldirgan qotil ozodlikda, qurollangan va xavfli bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: