IShID Suriyada qulagan samolyot uchuvchisini asir olgani haqida e'lon qildi

Jahon 08:41 / 23.04.2016 1700

IShID terrorchilari 22 aprel kunining ikkinchi yarmida Damashq yaqinida qulagan harbiy samolyot uchuvchisini asir olgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi IShIDning axboriy manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, uchuvchining ismi Azzam Yeid bo‘lib, u parashyut orqali samolyot qulagan hudud yaqinida, Damashq shahridan sharqda joylashgan hududda yerga qo‘nganida qo‘lga olingan.

22 aprel kuni Syrian Observatory for Human Rights Damashq yaqinida harbiy samolyot qulab tushgani haqida ma'lumot berdi. Bu samolyot qulash oldidan IShID nazorati ostidagi hudud ustidan uchib o‘tgan.

Suriya qurolli kuchlaridagi manba bu samolyot Suriya Harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lganini tasdiqlagan.

Ko‘proq yangiliklar: