Nyu-Yorkda BMTning bosh qarorgohida iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini imzolash marosimi o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Hujjatni BMTga a'zo 175 ta davlat, jumladan, Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Rossiya imzoladi.
BMT bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, kelishuvni imzolagan davlatlarning rekord sonda ekanligi xalqaro hamjamiyatga kuchli murojaat bo‘lib, insoniyat uchun harakat qilish vaqti kelganini anglatadi.
Ushbu kelishuv 2015 yilning 12 dekabrida Parijdagi anjuman yakunlariga ko‘ra qabul qilingan. Anjumanning barcha 195 ishtirokchisi sayyoramizda 2100 yilgacha o‘rtacha havo haroratining sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 2 gradusga oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib olgandilar.
Kelishuv 2020 yildan keyin Kioto protokolining o‘rniga keladi.
E'tiborlisi, kelishuv butun dunyoda Ona yer kuni sifatida nishonlanadigan kunda imzolandi.