AQShdagi Fiat Chrysler konserni butun dunyo bo‘ylab 1,1 mln dona avtomobilini ortga chaqirib olishi haqida ma'lum qildi.
Avtomobillarning qaytarilishiga sabab, "parkovka" vaqtidagi nosozlik hisoblanadi. Shu vaqtgacha avtomobil turargohga joylashtirilganidan so‘ng ham harakatda davom etgani bo‘yicha 41 holat qayd etilgan.
Kontsern 2012-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Dodge Charger va Chrysler 300 sedanlari, 2014-2015 yillarda ishlab chiqarilgan Jeep Grand Cherokee rusumli avtomobillarini chaqirib oladi.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, mashinalar, asosan, AQSh, Kanada va Meksikada sotilgan. AQShda 811 ming, Kanadada 52 ming, Meksikada 17 ming avtomobil ortga qaytariladi. Qolgan avtomobillar Shimoliy Amerikaning boshqa mamlakatlarida sotilgan.
Shu bilan birga, konserning Rossiyadagi Fiat Chrysler Automobiles bo‘limi yoqilg‘i nasoslardagi nosozlik tufayli 6,6 mingta Jeep Grand Cherokee avtomobilini ortga qaytaradi.