Rossiyalik sayyohlar Bangkokdan Yekaterinburgga 10 soatlik kutishdan keyin uchishga muvaffaq bo‘lishdi. Azur Air aviakompaniyasining Boeing-767-300 samolyoti hojatxonasiga bolalar tagligi (pampers) tiqilib qolgani sabab o‘z vaqtida uchib keta olmadi. Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilardan biri samolyot hojatxonasiga bolalar tagligini oqizib yubormoqchi bo‘lgan.
"Bangkok-Yekaterinburg reysi ushlandi. Bunga hojatxona tizimining unga tushgan shaxsiy gigiyena vositasi (bolalar tagligi) sababli nosoz holga kelgani sabab bo‘lgan. Shu sababli 4 ta hojatxona ishlamay qolgan. Bunday nuqson bilan parvozni amalga oshirib bo‘lmasdi", deb aytdi aviakompaniya vakili.
Nosozlikni bartaraf etish uchun samolyotga xizmat ko‘rsatuvchi texniklar butun tizimni bo‘laklab, uni tozalashlariga to‘g‘ri keldi.
"Aviakompaniya samolyotda o‘rnatilgan jihozlardan foydalanish qoidalariga rioya qilishni iltimos qiladi. Aks holda bundan o‘z vaqtida manzilga uchib keta olmaydigan yo‘lovchilarning o‘zi aziyat chekadi", deb aytdi vakil.
Samolyot bortida 320 nafar katta, 16 nafar kichik yoshdagi yo‘lovchi va 3 nafar 2 yoshga to‘lmagan bola bo‘lgan.